](https://join.slack.com/t/firstcontributors/shared_invite/zt-1hg51qkgm-Xc7HxhsiPYNN3ofX2_I8FA)
[](https://opensource.org/licenses/MIT)
[](https://www.codetriage.com/roshanjossey/first-contributions)
# Birinchi hissalar
Ushbu loyiha yangi boshlanuvchilarning birinchi hissasini qo'shish usullarini soddalashtirish va yo'naltirishga qaratilgan. Agar siz birinchi hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz, quyidagi amallarni bajaring.
_Agar buyruq satri sizga mos bo'lmasa, [Bu erda GUI vositalaridan foydalanib amalga oshirishga oid darsliklari mavjud](#boshqa-vositalardan-foydalanish-uchun-qollanmalar)_
#### Agar kompyuteringizda git mavjud bo'lmasa, [buni o'rnating](https://help.github.com/articles/set-up-git/).
## Bu repositoryni fork qilib oling
Bu repositoryni ushbu sahifaning yuqorisidagi fork tugmasini bosish orqali fork qilib oling.
Bu akkountingizda ushbu repositoryning nusxasini yaratadi.
## Bu repositoryni klon qilib oling
Endi fork qilingan repositoryni kompyuteringizga klon qiling. Github akkountingizga kirib, fork qilingan repositoryni oching, code tugmasi ustiga bosing va keyin _copy to clipboard_ belgisi (icon) ustiga bosing.
Terminalni oching va quyidagi git buyruqlarini yurg'izing:
```
git clone "siz horizgina ko'chirib olgan url"
```
bu yerda "siz horizgina ko'chirib olgan url" (qo'shtirnoqlarsiz) ushbu repositoryning (siz fork qilingan proyekt) 'URL'idir. URLni olish uchun oldingi bosqichlarni ko'ring.
Misol uchun:
```
git clone https://github.com/bu-siz/first-contributions.git
```
bu yerdagi `bu-siz` sizning Github akkount nomingiz (username). Bu yerda Githubdagi first-contributions repositorysining kontentlarini kompyuteringizga
ko'chiryapsiz.
## Branch yaratish
Kompyuteringizda repository papkasiga kiring (agar u yerda bo'lmasangiz)
```
cd first-contributions
```
Endi `git switch` buyrug'i orqali branch yarating:
```
git switch -c yangi-branch-nomingiz
```
Misol uchun:
```
git switch -c add-aliml92
```
## Kerakli o'zgarishlarni qiling va bu o'zgarishlarni commit qiling
Endi matn muharririda `Contributors.md` faylini oching, unga ismingizni qo'shing. Uni faylning boshiga yoki oxiriga qo'shmang. Uni istalgan o'rta qismga qo'shing. Endi faylni saqlang.
Agar proyekt papkasiga o'tsangiz va `git status` buyrug'ini yurg'izsangiz, o'zgarishlar borligini ko'rasiz.
`git add` buyrug'i yordamida hosil qilgan branchingizga o'zgarishlarni qo'shing:
```
git add Contributors.md
```
Endi `git commit` buyrug'i yordamida bu o'zgarishlarni commit qiling:
```
git commit -m "Contributors royxatiga ismingiz-ni kiritish"
```
`ismingiz-` ni o'rniga o'zingizni ismingizni yozing.
## O'zgarishlarni Githubga push qilish
`git push` buyrug'i bilan o'zgartishlaringizni push qiling:
```
git push origin -u yangi-branch-nomingiz
```
albatta, `yangi-branch-nomingiz` ni biroz oldin yaratgan branch nomiga almashtirgan holda.
remote: Support for password authentication was removed on August 13, 2021. Please use a personal access token instead. remote: Please see https://github.blog/2020-12-15-token-authentication-requirements-for-git-operations/ for more information. fatal: Authentication failed for 'https://github.com/Akkountingizga SSH kalit yaratish va konfiguratsiya qilish uchun [GitHub qo'llanma](https://docs.github.com/en/authentication/connecting-to-github-with-ssh/adding-a-new-ssh-key-to-your-github-account) ga o'ting./first-contributions.git/'
Endi pull requestni submit qiling.
Tez orada men sizning barcha o'zgarishlaringizni ushbu proyektning main branchiga birlashtiraman. O'zgarishlar birlashtirilgandan so'ng sizga elektron pochta xabarnomasi keladi.
## Bu yerdan qayerga borish?
Tabriklayman! Siz horizgina contributor sifatida tez-tez uchraydigan standard ish ketma-ketligi ya'ni _fork -> clone -> edit -> pull request_ ni tamonladingiz.
Hissangizni nishonlang va [web app](https://firstcontributions.github.io/#social-share)ga o'tish orqali do'stlaringizga va ergashuvchilaringizga ulashing.
Agar sizga yordam kerak bo'lsa yoki savollaringiz bo'lsa, bizning slack jamoamizga qo'shilishingiz mumkin.[Slack jamoasiga qo'shiling](https://join.slack.com/t/firstcontributors/shared_invite/zt-1hg51qkgm-Xc7HxhsiPYNN3ofX2_I8FA).
Endi boshqa proyektlarga hissa qo‘shishni boshlaylik. Siz boshlashingiz mumkin bo'lgan oson masalalar bilan proyektlar ro'yxatini tuzdik. Ko'zdan kechiring [web appdagi proyektlar ro'yxati](https://firstcontributions.github.io/#project-list).
### [Qo'shimcha materiallar](additional-material/git_workflow_scenarios/additional-material.md)
## Boshqa Vositalardan Foydalanish Uchun Qollanmalar
|